SURXONDARYO TABIIY HAMDA AGROEKOTIZIMLARI TUPROQ HOLATINI BAHOLASHDA NEMATODALARNING FUNKSIONAL XILMA-XILLIGI VA C-P INDEKSLARIDAN FOYDALANISH
Keywords:
Surxondaryo vohasi, tuproq nematodalari, funksional xilma-xillik, c-p shkalasi, Yetuklik indeksi (MI), PPI/MI nisbati, bioindikatsiyaAbstract
Mazkur tezisda Janubiy O‘zbekiston, xususan, Surxondaryo vohasining o‘ziga xos arid va quruq subtropik iqlim sharoitidagi tabiiy hamda agroekotizimlari tuproq salomatligini baholashda nematodalarning trofik guruhlari va colonizer–persister (c-p) hayotiy strategiyalarini birlashtiruvchi funksional yondashuvning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan. Mintaqa tuproqlaridagi antropogen bosim, ikkilamchi sho‘rlanish va agrotexnik omillar ta’sirini monitoring qilishda MI, MI(2–5) va PPI/MI indekslarini qo‘llash istiqbollari asoslab berilgan.
Published
2026-11-20