XRISTIANLIKNING TARIXIY ILDIZLARI VA MA'NAVIY MOHIYATI.
Keywords:
xristianlik, jahon dinlari, tarixiy ildizlar, Injil, Yangi Ahd, Iso Masih, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, pravoslavlik, katolitsizm, protestantizm, jahon sivilizatsiyasi, diniy bag'rikenglikAbstract
Ushbu maqolada jahon dinlari tizimida alohida o'rin tutuvchi xristianlik dinining vujudga kelish tarixi, milodiy I asrda Rim imperiyasi hududida shakllanishining ijtimoiy-siyosiy hamda g'oyaviy shart-sharoitlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot davomida xristianlikning muqaddas kitobi — Injil (Qadimgi va Yangi Ahd) tuzilishi, Iso Masih ta'limotidagi mehr-muhabbat, kechirimlilik, sabr-toqat, halollik va insonparvarlik kabi yuksak ma'naviy-axloqiy tamoyillar ilmiy asosda yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada xristian cherkovining tarixiy evolyutsiyasi, 1054-yildagi bo'linish va XVI asr Reformatsiyasi natijasida yuzaga kelgan asosiy yo'nalishlar — pravoslavlik, katolitsizm va protestantizmning o'ziga xos xususiyatlari qiyosiy o'rganilgan. Maqola yakunida xristianlikning jahon madaniyati, san'ati, falsafasi rivojiga qo'shgan hissasi hamda bugungi globallashuv davrida dinlararo bag'rikenglik va tinchlikni mustahkamlashdagi ahamiyati yuzasidan ilmiy xulosalar keltirilgan.