ISLOM — EZGULIK, ILM VA TINCHLIK DINI
Keywords:
Islom dini, tinchlik, ma'naviyat, Qur'oni Karim, hadis, axloq, ilm-ma'rifat, bag'rikenglik, insonparvarlikAbstract
Ushbu maqolada jahon dinlaridan biri bo'lgan Islom dinining mohiyati, uning asosiy g'oyalari hamda insoniyat tamadduni rivojidagi o'rni atroflicha yoritilgan. Muallif "Islom" tushunchasining lug'aviy va istilohiy ma'nolarini tahlil qilib, ushbu dinning tinchlik, bag'rikenglik, mehr-oqibat va bunyodkorlikka asoslanganligini ochib beradi. Maqolada musulmonlikning besh asosiy ustuni (iymon, namoz, ro'za, zakot va haj), shuningdek, Islomning muqaddas manbalari — Qur'oni Karim va Hadisi shariflarning ma'naviy-axloqiy ahamiyati haqida so'z yuritiladi. Bundan tashqari, dinda ilm-fan va ma'rifat egallashga bo'lgan yuksak e'tibor, ota-onaga hurmat, halollik va ijtimoiy adolat kabi umuminsoniy qadriyatlarning targ'ib qilinishi alohida ta'kidlangan. Maqola keng kitobxonlar ommasi, talabalar hamda ma'naviy-ma'rifiy mavzularga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.