ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA KUNDALIK MULOQOTGA OID SO‘ZLARNING TAHLILI
Keywords:
sotsiolingvistika, kundalik muloqot, nutqiy etiket, arab tili, o‘zbek tili, murojaat shakllari, diglossiya, pragmatika, kod almashinuvi, madaniyatlararo kommunikatsiya.Abstract
Maqolada arab va o‘zbek tillarida kundalik muloqotda faol qo‘llanadigan so‘zlar hamda turg‘un nutqiy formulalar sotsiolingvistik va qiyosiy-pragmatik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Salomlashish, hol-ahvol so‘rash, murojaat, minnatdorlik bildirish, iltimos, uzr, rozilik va xayrlashuv birliklarining lug‘aviy ma’nosi bilan bir qatorda, ularning ijtimoiy vazifasi, odob-axloq me’yorlari va madaniy mazmuni yoritiladi. Arab tilidagi adabiy shakl va kundalik shevalar o‘rtasidagi diglossik munosabat, yoshlar nutqida kod almashinuvi hamda raqamli muloqot ta’siri alohida ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijasida kundalik muloqot birliklari har ikki tilda ham axborot uzatishdan tashqari, hurmat, yaqinlik, ijtimoiy masofa va hamjihatlikni ifodalashi ko‘rsatiladi.