HAZIL-MUTOYIBA DISKURSIDA IMPLITSIT MA'NOLARNING VERBALIZATSIYASI VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI
Abstract
Implitsit ma'nolar til va nutqning muhim komponenti bo'lib, ular ayniqsa hazil-mutoyiba diskursida alohida ahamiyat kasb etadi. Implitsit ma'no - bu to'g'ridan-to'g'ri ifodalanmagan, yashirin, nazarda tutilgan ma'no. Hazil ko'pincha implitsit ma'nolarga asoslanadi va hazilning samaradorligi ko'p hollarda o'quvchi yoki tinglovchining bu yashirin ma'nolarni anglash qobiliyatiga bog'liq. Mazkur tezisda hazil-mutoyiba diskursidagi implitsit ma'nolarning verbalizatsiyasi va ularning tarjimada berilishi tahlil qilinadi
Published
2026-11-11