HAZIL-MUTOYIBANING PRAGMATIK ASPEKTLARI: ILLOKUTIV KUCH VA PERLOKUTIV TA'SIRNING SAQLANISHI MUAMMOSI
Abstract
Hazil-mutoyiba nafaqat semantik, balki pragmatik hodisa ham hisoblanadi. Pragmatik tilshunoslik nuqtai nazaridan hazil - bu ma'lum kommunikativ maqsadlarga erishish uchun ishlatiladigan nutqiy harakat. J.L.Ostin va J.R.Serl tomonidan ishlab chiqilgan nutqiy aktlar nazariyasi hazilning pragmatik tabiatini tushunishga yordam beradi. Mazkur tezisda hazil-mutoyibaning pragmatik aspektlari, xususan illokutiv kuch va perlokutiv ta'sirning tarjimada saqlanishi muammosi tahlil qilinadi.
Published
2026-11-11