SHOVQINNING ESHITISH TIZIMIGA TA’SIRI VA ESHITISHNI MUHOFAZA QILISHNING FIZIK ASOSLARI
Keywords:
shovqin, tovush intensivligi, tovush bosimi, detsibel, eshitish chegarasi, audiometriya.Abstract
Mazkur tezisda shovqinning eshitish tizimiga ta’siri va eshitishni muhofaza qilishning fizik asoslari yoritilgan. Ilmiy manbalar asosida tovush intensivligi, shovqin darajasi hamda ta’sir davomiyligi o‘rtasidagi bog‘lanishlar tahlil qilingan. Namunaviy hisoblashlar orqali shovqin darajasini pasaytirish va manbadan uzoqlashishning ahamiyati tushuntirilgan. Eshitishni himoyalash usullari fizik mexanizmlari bo‘yicha taqqoslangan. Shovqinni manbada kamaytirish, ta’sir vaqtini cheklash va mos himoya vositalaridan foydalanish eshitish zararlanishi xavfini kamaytirishga xizmat qilishi asoslangan.
Published
2026-11-06