KALAMUSHLAR RIVOJLANISHINING TURLI DAVRLARIDA BUYRAKNING MORFO-FIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARI
Keywords:
Kalamush, buyrak, morfometriya, ontogenez, poʻstloq qavat, magʻiz qavat, poʻstloq magʻiz koeffisenti, buyrak kapsulasiAbstract
Kalamushlar rivojlanishining turli davrlarida buyrakning morfo-fiziologik ko’rsatkichlarini tajribada turli yoshdagi 51 ta Wistar kalamushlarda bir kunlik (n=11), uch (n=13), olti (n=13) va o’n ikki oyligida (n=14), hayvonlarning postnatal davrlarida buyrak tuzilishining dinamik oʻzgarishlari o’rganildi. Tana vazni va a'zolar massasini baholashda har hafta tarozisida oʻlchandi. Kesmalar umumiy boʻyoqlar – gematoksilin va eosin bilan boʻyaldi. Mikropreparatlar raqamli kamera yordamida mikroskopda tahlil qilindi. Mikropreparatlarning raqamli tasvirlarida morfometrik tahlil kompyuter dasturi yordamida amalga oshirildi.
Kalamushlar rivojlanishining turli davrlarida buyrakning morfo-fiziologik ko’rsatkichlaridan poʻstloq-magʻiz nisbati buyrakning magʻiz qavatining strukturasi va poʻstloq qavatining filtratsiyasi yaxlit buyrak funksiyalarining bosqichli shakllanishi izohlandi.
Shunday qilib, kalamushlar buyragining postnatal rivojlanishi har bir bosqichda organning poʻstloq va magʻiz qavatlari oʻsish sur'ati hamda poʻstloq-magʻiz koeffisientining oʻziga xos morfofunksional dinamikaga ega ekanligi, buyrak nefronlarning yoshga oid yetilishida morfofunksional jihatlarning oʻzaro uzviy bogʻliqligi aniqlandi, yangi tugʻilgan davrda morfologik shakllanmaganlik va funksional faollikning pastligi, uch oylik davrda parametrlarning keskin ortishi, olti oylik davrda maksimal qiymatga yetish va oʻn ikki oylik davrda barqarorlashuvi tahlil qilindi.