BIOTEXNOLOGIYADA GENETIK MODIFIKATSIYALANGAN MIKROORGANIZMLARNING QO‘LLANISHI

Authors

  • Qudratova Sevinch Xurram qizi, Hasanova Lobar Yusuf qizi Author

Keywords:

genetic modifikatsiyalangan mikroorganizmlar, biotexnologiya, gen muhandisligi, crispr-cas, bioremediatsiya, tibbiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi.

Abstract

Genetik modifikatsiyalangan mikroorganizmlar (GMM) tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va atrof-muhitni muhofaza qilishda inqilobiy salohiyatga ega bo‘lib, ularning kompleks qo‘llanilishi bo‘yicha tizimli tahlilga ehtiyoj mavjud. Ushbu tadqiqot GMM ning biotexnologiyadagi qo‘llanilishini tizimli tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot 2020-2024 yillar oralig‘idagi 12 ta ilmiy adabiyotni chuqur ko‘rib chiqish metodologiyasiga asoslanadi, Scopus, Web of Science, PubMed va Google Scholar ma’lumotlar bazalaridan foydalanildi. Tahlil GMM ning zamonaviy biotexnologiyadagi keng qamrovli ahamiyatini va CRISPR-Cas tizimlari orqali ularni yaratish samaradorligi oshganini tasdiqladi. GMM bioyoqilg‘i, insulin, hosildorlikni oshirish va bioremediatsiya kabi sohalarda samarali qo‘llaniladi. Bu kompleks qo‘llanilish GMM ning iqtisodiy va ekologik ahamiyatini oshirib, biotexnologik innovatsiyalar uchun asos bo‘ladi.

Downloads

Published

2026-10-29