JADIDLAR: MILLIY TA’LIM ISLOHOTI VA JAMIYAT MODERNIZATSIYASI

Authors

  • Umirova Maftuna Baxrom qizi. Author

Keywords:

Jadidchilik, Ta’lim islohoti, Milliy uyg'onish, Usuli jadid, Turkiston, Modernizatsiya, Ayollar ta'limi

Abstract

Ushbu tezis Turkiston jadidlarining milliy ta’lim tizimini isloh qilish va jamiyatni modernizatsiya qilish yo‘lidagi faoliyatini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda jadidlarning ta’limga oid qarashlari, usuli jadid maktablarining tashkil etilishi, o‘quv dasturlari va darsliklarning mazmuni, shuningdek, ayollar ta’limiga e’tibor kabi masalalar tarixiy-qiyosiy tahlil usuli orqali o‘rganilgan. Natijalar jadidlarning ta’lim sohasidagi islohotlari savodxonlik darajasini oshirishga, milliy o‘zlikni anglashni shakllantirishga va jamiyatda modernizatsiya jarayonlarini jadallashtirishga muhim hissa qo‘shganini ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, jadidlarning ta’lim sohasidagi faoliyati bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib, milliy taraqqiyot uchun muhim saboqlar beradi.

Downloads

Published

2026-10-13