DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI BOLALARNING BOG‘LANISHLI NUTQINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Authors

  • Meliboyeva Sadoqat Doniyorbek qizi Author

Keywords:

bog‘lanishli nutq; didaktik o‘yin; maktabgacha ta’lim

Abstract

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqini didaktik o‘yinlar vositasida rivojlantirish metodikasi nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Maqola maqsadi – bog‘lanishli nutqning dialogik va monologik shakllarini shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik o‘yinlar tizimini aniqlash va uning samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqishdir. Ishda ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, diagnostik topshiriqlar va pedagogik tajriba usullaridan foydalanildi. Didaktik o‘yinlar uch bosqichli (tayyorgarlik, shakllantiruvchi, mustahkamlovchi) tizimda qo‘llanganda bolalar nutqining izchilligi, mantiqiyligi va lug‘aviy boyligi ortishi asoslandi. Maqola tarbiyachilar, metodistlar va maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.

Downloads

Published

2026-10-11