INGLIZ TILIDAGI NEOLOGIZMLARNI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA KALKALASH VA SEMANTIK TRANSPOZITSIYA USULLARI
Keywords:
Neologizm, kalkalash, semantik transpozitsiya, tarjimashunoslik, ingliz tili, o‘zbek tili, leksik birlik, terminologiya, kontekstual tahlil, tarjima ekvivalenti.Abstract
Mazkur maqolada ingliz tilida yuzaga kelayotgan zamonaviy
neologizmlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida kalkalash va semantik transpozitsiya
usullarining qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilingan. Globallashuv va axborot
texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida tilga kirib kelayotgan yangi leksik
birliklarni tarjima qilishda tarjimon duch keladigan qiyinchiliklar, ularning strukturaviy va
semantik jihatlari yoritib berilgan. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tahliliy, tavsifiy va
kontekstual tahlil metodlaridan foydalanilgan bo‘lib, kalkalash usulining terminologik
aniqlikni saqlashdagi o‘rni hamda semantik transpozitsiyaning tarjimaning tabiiyligi va
kommunikativ samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Olingan natijalar
ushbu ikki usulning bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.