ZA’FARON (CROCUS SATIVUS L.) O‘SIMLIGINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI, FITOKIMYOVIY TARKIBI VA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
za’faron, Crocus sativus L., biologik faol birikmalar, krotsin, pikrokrotsin, safranal, flavonoidlar, fitokimyoviy tarkib, introduksiya, yetishtirish texnologiyasi.Abstract
Mazkur maqolada za’faron (Crocus sativus L.) o‘simligining biologik xususiyatlari, tarqalishi, yetishtirish sharoitlari, fitokimyoviy tarkibi hamda iqtisodiy ahamiyati adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Za’faronning asosiy biologik faol birikmalari, jumladan krotsin, pikrokrotsin, safranal va flavonoidlarning xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, za’faron yetishtiriladigan mamlakatlar, jahon bozoridagi o‘rni va o‘simlikning turli organlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Iqlim o‘zgarishi sharoitida za’faron yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish, xomashyo sifatini saqlash va o‘simlikning qo‘shimcha mahsulotlaridan foydalanish muhim vazifalar sifatida asoslangan.
Published
2026-10-09
Issue
Section
Articles