IQLIM O‘ZGARISHI VA JAMOAT SALOMATLIGI: YANGI EPIDEMIOLOGIK XAVFLAR
Keywords:
iqlim o‘zgarishi, jamoat salomatligi, epidemiologik xavf, suv orqali yuqadigan kasalliklar, havo ifloslanishi, respirator kasalliklar.Abstract
Iqlim o‘zgarishi jamoat salomatligiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatib, mavjud epidemiologik xavflarning kuchayishi hamda yangi xavflarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi iqlim o‘zgarishining yuqumli va respirator kasalliklar tarqalishiga ta’sirini ilmiy manbalar asosida tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda iqlim o‘zgarishi va suv orqali yuqadigan kasalliklar hamda havo ifloslanishining salomatlikka ta’siriga oid ilmiy ma’lumotlar tavsifiy va qiyosiy tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, harorat, namlik va yog‘ingarchilikdagi o‘zgarishlar kasallik tashuvchi organizmlarning yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratib, ular orqali yuqadigan kasalliklarning tarqalish xavfini oshiradi. Suv resurslarining miqdori va sifatidagi o‘zgarishlar suv orqali yuqadigan infeksiyalar xavfining ortishiga, havo sifatining yomonlashuvi esa nafas olish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, respirator kasalliklarning rivojlanishi va mavjud kasalliklarning zo‘rayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq epidemiologik xavflarni kamaytirishda epidemiologik monitoringni kuchaytirish, suv va sanitariya xavfsizligini ta’minlash hamda atmosfera havosi sifatini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.