ATOPIK KASALLIKLARNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI: XALQARO VA O‘ZBEKISTON TADQIQOTLARI TAHLILI

Authors

  • Abdumo'minova Muzayyana Zohidjon qizi, Jaloliddinov Sherzodbek Ikromjon o'g'li Author

Abstract

Tadqiqotning dolzarbligi. Allergik kasalliklar keng tarqalgan bo‘lib, ularning ayrim turlari umumiy immunologik mexanizmlar asosida o‘zaro bog‘liq rivojlanishi mumkin. Atopik dermatit, oziq-ovqat allergiyasi, allergik rinit va bronxial astmaning bir bemorda birgalikda yoki turli yosh davrlarida ketma-ket namoyon bo‘lishi atopik kasalliklarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ushbu holatlarning rivojlanishida irsiy moyillik, immunologik mexanizmlar, allergenlarga sensibilizatsiya hamda tashqi muhit omillari muhim ahamiyatga ega. Atopik kasalliklarning birgalikda uchrashi ularni alohida kasallik sifatida emas, balki o‘zaro bog‘liq klinik holatlar sifatida kompleks baholash zaruratini yuzaga keltiradi. Shu sababli atopik dermatit, oziq-ovqat allergiyasi, allergik rinit va bronxial astma o‘rtasidagi bog‘liqlikni xalqaro va O‘zbekiston tadqiqotlari asosida o‘rganish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega

Downloads

Published

2026-10-08