BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MOSLASHUV JARAYONI
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, moslashuv jarayoni, maktab muhiti, psixologik moslashuv, ijtimoiy moslashuv, animatsion vositalar, raqamli ta’lim, multimedia, o‘quv motivatsiyasi, interaktiv ta’lim, pedagogik texnologiyalarAbstract
maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktabga moslashuvi va dars jarayonida animatsion vositalardan foydalanish masalasi haqida fikr yuritiladi. Maktabga ilk bor kelgan bola yangi muhit, yangi tartib va yangi odamlar bilan tanishadi. Shu sababli dastlabki davrda ayrim o‘quvchilarda tortinchoqlik, hayajon, diqqatni jamlashda qiyinchilik yoki darsga qiziqishning pasayishi kuzatilishi mumkin. Bunday vaziyatda o‘qituvchining munosabati va darsni qanday tashkil qilishi katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda ta’limda turli xil raqamli vositalardan foydalanish imkoniyati kengayib bormoqda. Shulardan biri animatsion materiallardir. Maqolada animatsiyalardan foydalanishning o‘quvchilarning darsga qiziqishi, faolligi va mavzuni tushunishiga yordam beradigan jihatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining moslashuvini yengillashtirish uchun o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar beriladi.