ERTAK TERAPIYASI ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQIY VA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Usmonova Guliraʼno Mahammadamin qizi Author

Keywords:

ertak terapiyasi, skazkoterapiya, nutqiy kompetensiya, ijtimoiy kompetensiya, maktabgacha yosh, bog‘lanishli nutq, emotsional intellekt, muloqot ko‘nikmalari.

Abstract

Ushbu maqolada ertak terapiyasi (skazkoterapiya) metodi orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Ertak terapiyasining psixologik-pedagogik mohiyati, uning bolalar lug‘at boyligi, bog‘lanishli nutqi, muloqot ko‘nikmalari va ijtimoiy-emotsional kompetentligiga ta'siri yoritilgan. Mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning ishlariga tayangan holda o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari keltirilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ertak terapiyasi elementlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Downloads

Published

2026-10-07